Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Oʼzbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirish va ayollar tadbirkorligi rivojlantirish”

Nashr etilgan: 24 noyabr, 2022


Mana bir necha yildirki, «Xalqaro ayollar tadbirkorligi kuni» ga bagʼishlab mamlakatimizda Аyollar biznes haftaligi anʼanaviy tarzda oʼtkazib kelinmoqda. Bu yilgi “Haftalik” 18 noyabr kuni “Oʼzbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirish va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” mavzusida Oʼzbekiston Banklari assotsiatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti, German Sparkassenstiftung Uzbekistan hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi hamkorligi ishtirokida boʼlib oʼtdi. 




Ushbu haftalikda IT-industriya sohasida ayollar biznesini rivojlantirishga koʼmaklashish va ayollar duch kelayotgan qiyinchiliklarni yengib oʼtishda yordam beradigan turli masalalar yuzasidan - ishbilarmon ayollar, kichik va oʼrta biznes boshqaruvchilari, ishbilarmon doira vakillari, davlat va nodavlat, ilm – tadqiqot, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, kredit uyushmalari oʼzaro fikr almashdi. 



Oʼz navbatida “Ipoteka bank” АTIB Kichik biznes mahsulotlari va marketing boshqarmasi boshligʼi Bekzod Utbasarov “Markaziy Osiyo tadbirkor ayollari” dasturi doirasidagi bankning ikki yillik tajribasi, raqamlashtirishga yoʼnaltirilgan “Biznesdagi ayollar” ni qoʼllab quvvatlash boʼyicha rejalar va istiqbollari boʼyicha maʼlumot berdi.

Shuningdek, bankimiz mijozlari hisoblangan “Miss Lightening” MChJ taʼsischisi Umida Raxmanova “Mahalliy dekor dizaynerlarini birlashtiradigan bozorni yaratish orzusi – gʼoyasi” hamda “Chirchiqselmash” kompaniyasi direktori Lola Karataeva «Onlayn savdo - bu mijozlar bazasini kengaytirish imkoniyati» mavzularida oʼz tajribalari bilan boʼlishdilar.



Haftalik Oʼzbekistonda ayollar raqamli tadbirkorligini rivojlantirish, ular uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning iqtisodiy va huquqiy imkoniyatlarini kengaytirishga oid savol-javob hamda qizgʼin munozaralar bilan yakun topdi.