Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat!

Nashr etilgan: 24 may, 2023

“Ipoteka-bank” АTIB Olmaliq filialida yuzaga kelgan vaziyat boʼyicha

2023 yil 22 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Ipoteka-bankning Olmaliq filialida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatining pastligi va soatlab navbatda turishlar bo‘yicha shikoyat xabari tarqaldi.

Ushbu holatning yuzaga kelishi yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

2023 yil 22 may kuni Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati korxonasining 35 mingdan ziyod ishchi xodimlariga mukofot puli tushgan. Shu kuni filialda o‘rta hisobda 4 ming nafar iste'molchilarga filial front ofisidagi Chakana xizmatlar bo‘limining 14 nafar mutaxassislari xizmat ko‘rsatishgan. Shulardan umumiy 1 200 ta iste'molchilarga bank kartalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatilgan bo‘lib, kredit masalalarida 800 ta, mobil ilova bo‘yicha 500 ta, valyuta amaliyotlari bo‘yicha 1 000 ta va kommunal to‘lovlari bo‘yicha 500 tani tashkil etadi. Har bir mutaxassis kuniga 200 dan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bir iste'molchiga xizmat ko‘rsatish vaqti o‘rtacha 3-4 daqiqani tashkil qiladi.

Hozirgi kunda filialda iste'molchilarga qulaylik yaratish va ularga tezkorlik bilan xizmat ko‘rsatish maqsadida, filialning boshqa bo‘limlaridan ham mutaxassislar jalb qilingan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan bank kartasi masalasida murojaat qilgan 520-raqamli iste'molchining soat 10:35 da olgan navbati xaqiqatdan ham 13:10 ga qadar cho‘zilgan. Sababi soat 11:00 dan 12:00 gacha texnik sabablarga ko‘ra, aloqa xizmatida nosozlik yuzaga kelgan va bu iste'molchilarga biroz kechroq xizmat ko‘rsatilishiga sabab bo‘lgan.  

Ipoteka-bank tomonidan doimiy ravishda filiallar va bank xizmatlari markazlarida mijozlar va isteʼmolchilarga oʼz vaqtida va sifatli xizmat koʼrsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib kelinmoqda.