Nashr etilgan: 22 noyabr, 2022
Ipoteka–bank tomonidan bank kredit portfelini sogʼlomlashtirish boʼyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramasdan, bankning ayrim filiallarida NPL koʼrsatkichi yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
Shu sababli, Ipoteka-bankning Аndijon viloyati hamda Istiqlol filiallarida 2022 yil 23 noyabrdan boshlab barcha kreditlar uchun arizalar qabul qilish vaqtinchalik toʼxtatiladi (onlayn kreditlar, taʼlim kreditlari bundan mustasno).
Ushbu filiallarda kredit ajratish operatsiyalari qayta yoʼlga qoʼyilgani haqida bankning rasmiy veb-sayti orqali mijozlar va bank xizmatlari isteʼmolchilariga qoʼshimcha maʼlumot beriladi.