Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Oxangaron tumanida yangi "Nurobod" bank xizmatlari markazi oʼz faoliyatini boshladi

Nashr etilgan: 22 iyul, 2022


Ipoteka-bank tomonidan mijozlarga va aholiga bank xizmatlari koʼrsatishning istiqbolli formatini amaliyotda tadbiq etib kelmoqda. Bugungi kunda joriy etilayotgan bank xizmatlar markazlarining loyihasi avvalo mijozlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, oʼzi–oʼziga xizmat koʼrsatish boʼyicha tushuntirishlar berish, ularning bank xizmatlariga boʼlgan ehtiyojlarini oqilona qondirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. 



Аna shunday zamonaviy sharoitlarga ega boʼlgan yangi bank xizmatlari markazlaridan navbatdagisi Toshkent viloyati Oxangaron tumanida isteʼmolchilari hamda mijozlarga sifatli xizmat koʼrsatish maqsadida oʼz faoliyatini boshladi. 

Ushbu “Nurobod” bank xizmatlari markazida isteʼmolchilari uchun omonat rasmiylashirish, kredit ajratish, toʼlovlarni qabul qilish, valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʼtkazmalari kabi xizmatlardan foydalanish imkoniyati yoʼlga qoʼyilgan. Shuningdek, markazda isteʼmolchilar 24/7 rejimda ishlovchi bankomatlar xizmatidan ham foydalanishlari mumkin.



Bunday markazlar faoliyati yoʼlga qoʼyilishidan asosiy maqsad, mijozlar va isteʼmolchilarga yanada yaqinroq boʼlishni koʼzlagan holda, ularga doimiy ravishda biznes yuritish va shaxsiy mablagʼlarini toʼgʼri yoʼnaltirishga oid yoʼl-yoʼriq va maslahatlarni berib borishdir.