Nashr etilgan: 21 dekabr, 2023
21-dekabr kuni Ipotekabank bosh ofisida Rahbar va yosh mutaxassislar ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Ushbu davra suhbatidan ko’zlangan asosiy maqsad g‘oyalar va yosh mutaxassislar uchun bank faoliyati va ularga birldirilayotgan ishonch to’g’risida ularga eslatib o’tgan holda, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini qayta ko’rib chiqishga chorlash, bank tizimini yangilashda faol ishtirok etish imkoni mavjudligini yana bir bor eslatib o’tishdan iborat.
Davra suhbati asoson 4 ta asosiy yoʻnalishni o’z ichiga oldi:
- Ipotekabank tizimida bo’layotgan o’zgarishlar;
- Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar
- IT va zamonaviy texnologiyalar, xorij tajribasi, kitobxonlikni qo'llab-quvvatlash
-yoshlar muammolari va takliflari bo’yicha savol-javoblar
Suhbat davomida Ipotekabank Boshqaruv Raisi Inomjonov Elyor Isroilovich yoshlar bilan rahbar sifatida minbardan turib emas, balki ular qatorida o’tirib o’z hayotiy tajribasi, yillar davomida orttirgan bilimlari va har bir yoshlar oldiga qo’yishi lozim bo’lgan maslalar bilan o’rtoqlashdi.