Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Qadring baland boʼlsin, ona tilim!

Nashr etilgan: 21 oktyabr, 2022

“Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofisi va filiallarida Oʼzbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbirlari, maʼnaviyat soatlari tashkil etildi. Xususan, 2022 yil 20 oktabr kuni “Qadring baland boʼlsin, ona tilim!” mavzusida zoom platformasi orqali davra suhbati oʼtkazildi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professori, filologiya fanlari doktori Shuhrat Koʼchimov, falsafa fanlari nomzodi Rashid Mamatqulov va katta oʼqituvchi Qudrat Ibragimovlar ishtirok etdilar. 


 Xalqimizning koʼp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʼlgan boy va qadimiy tilimiz 2020 yil 10 aprel sanasida qabul qilingan “Oʼzbek tili bayrami kunini belgilash toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 21 oktyabr sanasi Oʼzbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanishi belgilandi.

Tadbirda oʼzbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib oʼtilgan qiyinchiliklar, hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat tilini yangi pogʼonaga olib chiqish borasida qilinayotgan saʼy-harakatlar alohida eʼtirof etildi. Tilimizni eʼzozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash har birimizning burchimizdir. 

“Har bir millatning dunyoda borligini koʼrsatadigan oynai hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yoʼqotmak millatning ruhini yoʼqotmakdir” (Аbdulla Аvloniy).