Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Ipoteka-bank” АTIB va filiallarida Oʼzbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etildi.

Nashr etilgan: 21 oktyabr, 2021

Bosh ofis va uning filiallarida “Qadring baland boʼlsin, ona tilim!”- shiori ostida tadbirlar, maʼnaviyat soatlari oʼtkazildi. Xususan, 2021 yil 20 oktabr kuni “Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofisi va filiallari xodimlari ishtirokida, ZOOM platforma orqali ijodiy uchrashuv oʼtkazildi.

Tadbirga “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati aʼzosi, filologiya fanlari doktori Usmonjon Qosimov hamda Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Nilufar Аllamuratova taklif etildilar.

2020 yil 10 apreldagi “Oʼzbek tili bayrami kunini belgilash toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni bilan 21 oktabr sanasi Oʼzbek tili bayrami kuni etib belgilandi. Xalqimizning koʼp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʼlgan oʼzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir. 


Tadbirda oʼzbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib oʼtilgan qiyinchiliklar, hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat tilini yangi pogʼonaga olib chiqish borasida qilinayotgan saʼyi-harakatlar alohida eʼtirof etildi. Tilimizni eʼzozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash har birimizning burchimizdir. 

“Har bir millatning dunyoda borligini koʼrsatadigan oynai hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yoʼqotmak millatning ruhini yoʼqotmakdir” (Аbdulla Аvloniy).