Nashr etilgan: 21 iyun, 2022
Ipoteka-bank va Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʼarmasi oʼrtasida Bosh kelishuv imzolandi.
Joriy yilning 20 iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Ipoteka-bank hamda vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʼarmasi oʼrtasida Bosh kelishuv imzolandi.
Ushbu Bosh kelishuvning asosiy maqsadi, jamgʼarma mablagʼlarini jalb qilish evaziga, jismoniy shaxslarga energiya tejamkor va qayta tiklanuvchi energiya manba qurilmalari sotib olish uchun isteʼmol kreditlarini ajratishdan iborat.
Endilikda, jismoniy shaxslar Ipoteka-bank filiallariga murojaat qilgan holda, yuqorida koʼrsatilgan maqsadlar uchun maqbul shartlarda kredit olishlari mumkin boʼladi.