Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka-bank xodimlari xalqarto sertifikat bilan taqdirlandilar

Nashr etilgan: 20 dekabr, 2021

2021 yilning 1–19 noyabr kunlari Xalqaro moliya korporatsiyasi va Xalqaro kapital bozorlari assotsiatsiyasi (ICMA) hamkorligida yashil obligatsiyalar boʼyicha texnik koʼmak dasturi (GB-TAP) yuzasidan seminar tashkil etildi.

Ushbu dastur bir necha donorlar tomonidan moliyalashtirilib, shu orqali Xalqaro moliya korporatsiyasi strategiyasining bir qismi sifatida rivojlanayotgan bozorlarda yashil obligatsiyalar aktivlarini yaratishga qaratilgan.

Mazkur seminarda Ipoteka-bankning besh nafar rahbar xodimlari muvaffaqiyatli ishtirok etib, oʼquv kursi boʼyicha tegishli sertifikatlar bilan taqdirlandilar. 

Hususan:

Farrux Botirov - Boshqaruv Raisi birinchi o'rinbosari

Olim Bayev - Kredit bloki rahbari

Shuxrat Urinbayev  - Strategiya departamenti direktori

Gulbahor Yaxyoyeva - Qarz qimmatli qog'ozlar bozori bo'lim boshlig'i

Baxtiyor Abdusalomov - Аtrof muhit va ijtimoiy sohani himoya qilish boʼlimi boshlig'i