Tadbirkor ayollar uchun navbatdagi trening tashkil etildi

Qoraqalpogʼiston Respublikasi filialida “Woman in bussines SА” dasturi doirasida navbatdagi "Ipoteka-bank" АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining qoʼshma loyihasi amalga oshirildi

"Ipoteka-bank" АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda "Raqobatbardoshlikni baholash" hamda “Marketing” mavzularida joriy yilning 13-14 sentabr kunlari ayol tadbirkorlar uchun navbatdagi trening Qoraqalpogʼiston Respublikasi filialida oʼtkazildi.


"Woman in bussines SА" dasturi doirasida ayollarning tadbirkor sifatida shakllanishida kompleks xizmat koʼrsatilishini yoʼlga qoʼyish, ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish koʼzda tutilgan boʼlib, ayol tadbirkorlar uchun biznesda barqarorlikni saqlab qolish va yangiliklar kiritib moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda ularga yangi xizmatlar koʼrsatish va hamkorlar topish boʼyicha maslahatlar berishni oʼz ichiga oladi.


"Ipoteka-bank" АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda hududlarda oʼtkazilayotgan treninglarimizda ishtirok etishingizni kutib qolamiz.

Keyingi manzil Andijon viloyat filiali.


On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish