Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Bank iste’molchilari diqqatiga!

Nashr etilgan: 20 may, 2024

Hozirgi kunda Ipoteka bank tomonidan birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun doimiy daromadga ega bo‘lgan fuqarolarga 416.5 mlngacha “Oson” ipoteka krediti, birlamchi, ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun esa doimiy daromadga ega bo‘lgan hamda oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga 1 700 mln.so’mgacha bo’lgan miqdorda Tijorat Ipoteka krediti taqdim etilmoqda. 

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har bir uy olishga ehtiyoji bo’lgan fuqaro bank filiallariga tashrif buyurgan holda kredit bo’yicha to’liq ma’lumot olishlari va zaruriy hujjarlarni rasmiylashtirishni boshlashlari mumkin. Hujjatlarni tayyorlash jarayonlarida bank tomonidan hech qanday qo’shimcha to’lovlar talab etilmaydi. Bunda filiallarga kredit rasmiylashtirish bo’yicha oxirgi qarorni qabul qilish vakolati berilmagan.  

Kredit ajratilishi jarayonida mijozning to’lash qobiliyati maxsus tizim asosida, inson faktori aralashmagan holda tekshirilishi, muvofiqligini baholash va kredit ajratish yoki ajratmaslik to’g’risida xulosa berish vakolati markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi va xulosa faqatgina Bosh ofisning Anderrayting departamenti tomonidan beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati filiali xodimi tomonidan amalga oshirilgan ta’magirlik holati bank tomonidan qattiq qoralanadi va ushbu holat bo’yicha hozirda huquqni himoya qiluvchi organlar bilan hamjihatlikda faoliyat olib borilmoqda.

Hurmatli iste’molchilar, siz ham kredit ajratish jarayonida bank xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan har qanday ta’magirlik, tovlamachilik va shubhali holatlarga duch kelgan taqdiringizda aldanib qolmasligingizni va zudlik bilan bu haqida bankning ishonch telefoni, elektron pochtasi bilan birgalikda @Compliance_control_bot maxsus telegram-botiga ham murojaat yo'llashingizni so’raymiz. 


Bunda murojaatchilarning shaxsi sir saqlanadi!

Ipoteka-bank Komplaens nazorat xizmatining:

Ishonch telefoni – 78-150-36-99 

Elektron pochtasi –  whistleblowing@ipotekabank.uz