Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat!

Nashr etilgan: 20 may, 2023

Ijtimoiy tarmoqlarda Аndijon viloyati Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan Ipoteka-bankdan uy-joyini taʼmirlash uchun kredit olishda qiyinchiliklar mavjudligi yuzasidan eʼtiroz qoldirilgan.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz. 

Bugungi kunda Ipoteka-bankda oʼrnatilgan tartibda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun ipoteka kreditlari ajratib kelinmoqda. 

Fuqarolar tomonidan, kredit olishga ariza berilganida uning kreditga layoqatligi oʼrganib chiqiladi.

Shuningdek, bankning ichki tartibiga koʼra, mazkur turdagi kreditlarni rasmiylashtirish uchun jismoniy shaxslardan ayrim hujjatlar talab etiladi. 

Xususan, 
- pasport;
- shakllantirilgan boshlangʼich badalni tasdiqlovchi hujjat;
- kredit ajratish uchun yakka tartibdagi uy-joylarning tegishli loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha smeta hujjatlari;
- yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun Davlat xizmatlari markazidan olingan ruxsatnoma.

Аgar fuqaro kreditga layoqatli boʼlsa, hujjatlar tegishli tartibda oʼrganib chiqilib, kredit ajratish boʼyicha ijobiy qaror qabul qilinadi.