Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka-bank yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishda faol ishtirok etmoqda.

Nashr etilgan: 20 aprel, 2022

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Global money week” tadbiri doirasida Xorazm va Buxoro viloyatlarida Ipoteka-bank xodimlari tomonidan talabalar va maktab oʼquvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi. 



Tadbir qatnashuvchilariga zamonaviy bank xizmatlari, toʼlov kartalaridan foydalanishning afzalliklari, omonat va ularni jamgʼarish yoʼllari, kiberxavfsizlik, daromad olish imkoniyatlari hamda kredit turlari toʼgʼrisida maʼlumot va tushunchalar berildi.



Tadbir davomida moliyaviy savodxonlikka ega yoshlar oʼrtasida interaktiv usulda moliyaviy viktorina oʼtkazilib, faol oʼquvchilarga esdalik sovgʼalari topshirildi. 



Xususan, viloyatlardagi umumtaʼlim maktablarda faoliyat koʼrsatayotgan salohiyatli oʼqituvchilarning mahorat darslari kuzatildi hamda faol oʼquvchilar ragʼbatlantirildi.