Nashr etilgan: 19 noyabr, 2021
“Ipoteka-bank” ATIB joriy yilning 1 dekabridan boshlab jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan chakana xizmatlar bo‘yicha bank tariflari yangilanishi haqida ma’lum qiladi.
Yangilanish doirasida quyidagi tariflar va toʻlovlar oʻzgartirildi:
- “Oson Ipoteka” krediti boʻyicha yillik foiz stavka Toshkent shahri va respublikaning boshqa aholi punktlari uchun bir xil boʻldi;
- "Fidokor" avtokreditining foiz stavkasi 23% ni tashkil etdi;
- "Qalqon" avtokreditining foiz stavkasi 23% ni tashkil etdi;
- “Iste`mol” kreditining foiz stavkasi 26,99%ni tashkil etdi (O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni xarid qilish uchun “Ipoteka-bank”ning ish haqi loyihasida ishtirok etuvchi tashkilotlar xodimlari uchun);
- “Fidokor” mikrokrediti foiz stavkasi 23% ni tashkil etdi;
- "Qalqon" mikrokrediti foiz stavkasi 23% ni tashkil etdi;
- "Onlayn" mikrokredit uchun yillik sug'urta badali 1% ni tashkil etdi.
Qoʻshimcha maʼlumotlarni + 99878-150-11-22 yoki 1233 qisqa raqami orqali olish mumkin.