Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

«Ipoteka-bank» ATIB aksiyadorlari diqqatiga!

Nashr etilgan: 19 iyun, 2024

Toshkent shahar, Shahrisabz ko‘chasi, 30-uyda joylashgan «Ipoteka-bank» ATIB, 2024 yil
12 iyul
kuni soat 1100 da, masofadan turib elektron ovoz berish xizmati orqali bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi internet orqali onlayn rejimda, masofadan turib yig‘ilishni olib borish imkonini beruvchi http://evote.uz/ manzilidagi “eVOTE” – Elektron ovoz berish xizmati yordamida o‘tkaziladi.

YIG‘ILISh KUN TARTIBI:

1. “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruvi tarkibiga kiritilgan o’zgartirishlarni tasdiqlash.

● Aksiyadorlarni navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2024 yil 14 iyun.

● Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 2024 yil 8 iyul.

● Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga oid hujjatlar bilan bankning www.ipotekabank.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz/ platformasi orqali tanishishlari yoki cenbum@ipotekabank.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishlari mumkin.

Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish http://evote.uz/ saytida internet orqali ularning elektron ovoz berish xizmatidan foydalangan holda yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risida elektron xabarnoma olingan paytdan boshlab amalga oshiriladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish shartlari bilan http://evote.uz/ manzili bo‘yicha elektron ovoz berish xizmati orqali (tel.:+998 90-006-77-44) tanishishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon raqamlari: (78)147-67-17, 150-89-16.