Nashr etilgan: 19 mart, 2022
2022 yil 24 martdan boshlab "Western Union" tizimi Rossiya va Belorussiya mamlakatlarida ish faoliyatini to'xtatadi. Shu munosabat bilan ushbu mamlakatlarga O'zbekistondan pul o'tkazmalarini amalga oshirish to'xtatiladi. Dunyoning boshqa mamlakatlariga Western Union tizimi orqali pul o'tkazmalari avvalgi tartibda amalga oshiriladi.
2022 yil 9 sentabrgacha "Золотая Корона" tizimi orqali O'zbekistondan Rossiyaga AQSh dollarida yuborilgan pul o'tkazmalari qabul qiluvchiga Rossiya rublida to'lanadi.