Nashr etilgan: 18 dekabr, 2023
Ijtimoiy tarmoqlarda “Ipoteka-bank” ATIB tizimida kreditlash bilan bog‘liq sug‘urtalash jarayonlari bo‘yicha murojaat qoldirilgan.
“Ipotekabank” ATIB tizimida kreditlash bilan bog‘liq sug‘urtalash jarayonlari bankning ichki me’yoriy xujjatlariga asosan tashkil qilingan va sug‘urta shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining tegishli moddalari hamda “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tuzilgan.
Shu o‘rinda, “Ipoteka-bank” ATIB barcha ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini va hamkorlik qilishga doimo tayyorligini ma’lum qilamiz hamda yuqoridagi kabi holatlarni xolis yoritishlarini so‘rab qolamiz.