Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Woman in bussines CА” dasturi doirasida navbatdagi seminar-trening bo'lib o'tdi

Nashr etilgan: 18 oktyabr, 2023

«Ipoteka bank» АTIB hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Woman in bussines SА” dasturi doirasida joriy yilning 17 oktabr kuni Mehnat filialida Toshkent viloyat filiali Аmaliyot boshqarmasi va Olmazor filiali mijozlari ishtirokida “Zamonaviy biznesni yuritish yoʼllari” mavzusida seminar-trening boʼlib oʼtdi.

Seminar davomida ayol tadbirkorlar guruhlarga boʼlingan holda interaktiv “Mikro biznes” oʼyinida ishtirok etdilar.


Ushbu tashkil etilgan seminar-trening orqali ayol tadbirkorlar biznesni yuritishda ilgʼor bank texnologiyalari va bank xizmatlarining innovatsion yondashuvlari toʼgʼrisida xabardor boʼlgan holda, mijozlarni oʼzaro fikr almashish hamda oʼz faoliyatlari davomida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan risklarni baholash salohiyatlariga ega boʼldilar.