Nashr etilgan: 18 mart, 2023
Obod yurtimizga ozodalik, saranjom-sarishtalik, fayzli kunlar yarashadi. Bunda xalqimiz orasida oʼzaro xayrihoxlik va birdamlikda tashkillashtiriladigan umumxalq xayriya hashari alohida oʼrin tutadi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan Navroʼz umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida butun yurtimiz boʼylab “Obod va fayzli mahalla – yurt koʼrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʼtkazilmoqda.
Ipoteka-bankda ham erta tongdan rahbar va xodimlar ishtirokida mana shunday yirik masshtabli umumxalq xayriya hashari oʼtkazildi.
Oʼzgacha shijoat bilan olib borilgan xashar davomida bankimiz hududi chang-gʼuborlardan tozalanib, ariq va yoʼlaklar tartibga keltirildi. Shuningdek, atrofga mevali va manzarali gullar ekilib, daraxtlarni oqlash va butash ishlari olib borildi.
Shuningdek, tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlar xolidan xabar olinib, oilaviy sharoitini yaxshilashga koʼmaklashildi.