Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Firibgarlardan ogoh bo'ling!

Nashr etilgan: 18 yanvar, 2024

Bugungi kunda firibgarlar tomonidan telegram mesenjeri orqali Ipoteka-bank mobil ilovasini o'rnatish evaziga 1 million so'mga ega bo'ling degan yolg'on xabarlar yoborilayotgani aytilmoqda.

Ushbu mobil ilova, kanal va guruhlarning Ipoteka-bankka hech qanday aloqasi yoqligini va aksincha bu firibgarlik ekanligini ma'lum qilamiz.

Sizdan bunday yolg'on xabarlarga ishonmasligingizni, shubhali saytlar va noma'lum havolalarga kirmaslikni, Ipoteka-Retail mobil ilovasini faqatgina AppStore yoki GooglePlay dan o'rnatishingizni so'raymiz.

Shu bilan birga kartangiz ma'lumotlari va SMS tasdiqlash kodlarini aslo shubhali sayt yoki ilovalarga kiritmang!

Ipoteka-bank OTP Group tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar bilan rasmiy saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali tanishishingiz mumkin:

Contact center +998781501122
Sayt - https://www.ipotekabank.uz
Telegram - https://t.me/ipotekabankofficial
Facebook - https://fb.com/ipotekabankofficial
Instagram - https://instagram.com/ipotekabank.uz
Youtube - https://youtube.com/ipotekabankofficial
LinkedIn - https://linkedin.com/ipotekabankofficial

Unutmang: firibgarlarning asosiy maqsadi — Sizning bank kartangizda mavjud mablag‘larni o‘zlashtirib olishdir!