Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat!

Nashr etilgan: 17 noyabr, 2023

Ma‘lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-sonli va 2022-yil 18-avgustdagi 457-sonli Qarorlariga asosan oliy, o‘rta maxsus va professional ta‘lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar, shu jumladan, xotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan ta‘lim kreditlari ajratish vazifalari belgilangan hamda ushbu ajratilgan ta‘lim kreditlari resurs mablag‘lari "Ta‘lim kreditini moliyalashtirish" jamg‘armasi hisobidan qoplanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur qaror ijrosini ta‘minlash maqsadida Ipoteka-bank tizimida ta‘lim kreditlari ajratish bo‘yicha "Ta‘lim" chakana kredit mahsuloti pasporti tasdiqlangan va amaliyotga joriy qilingan.

Xususan, bank tomonidan 2022-yilda 461 147 mlrd so‘m va joriy yilda 562 766 mlrd.so‘m miqdorida ta‘lim kreditlari ajratildi.

Ma‘lumot o‘rnida qayd etish lozimki, 2023-yilda Ipoteka-banki mablag‘lari hisobidan ajratilgan ta‘lim kreditining 562 766 mlrd.so‘mdan 100 000 mlrd.so‘m qismi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi "Ta‘lim kreditini moliyalashtirish" jamg‘armasi hisobidan qoplanilgan bo‘lib, shundan 462 766 mlrd.so‘m qarzdorlik mavjud.

Bugungi kunda, ta‘lim krediti olish istagini bildirib, murojaat qilayotgan talabalar soni kundan-kunga oshib bormoqda, shu bilan bir qatorda, bankning resurs mablag‘lari tanqischilligi yuzaga kelganligi sababli bank tomonidan ta‘lim kreditlarini ajratish vaqtincha to‘xtatilgan.

Mavjud muammoni hal etish hamda Ipoteka-banki mablag‘lari hisobidan ajratilgan ta‘lim kreditlari bo‘yicha resurs mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi "Ta‘lim kreditini moliyalashtirish" jamg‘armasi hisobidan qoplab berilishida amaliy yordam yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga va O‘zbekiston Respublikasi Мarkaziy bankiga murojaat yuborilgan.