Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Firibgarlardan ogoh bo'ling

Nashr etilgan: 17 oktyabr, 2022

Bugungi kunda firibgarlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda Ipoteka-bank nomidan kanal va guruhlar ochilib, ular orqali kreditlar haqida yolg'on ma'lumotlar taqdim etilmoqda.

Ushbu kanal va guruhlarning Ipoteka-bankka hech qanday aloqasi yoqligini va aksincha bu firibgarlik ekanligini ma'lum qilamiz.

Sizdan bunday yolg'on xabarlarga ishonmasligingizni, shubhali saytlar va noma'lum havolalarga kirmaslikni so'raymiz. 

Kartangiz ma'lumotlari va SMS tasdiqlash kodlarini aslo shubhali sayt yoki ilovalarga kiritmang!

Ipoteka-bank tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar bilan rasmiy saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali tanishishingiz mumkin:


Unutmang: firibgarlarning asosiy maqsadi — Sizning bank kartangizda mavjud mablag‘larni o‘zlashtirib olishdir!