Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Tadbirkor ayollar uchun navbatdagi trening tashkil etildi

Nashr etilgan: 17 oktyabr, 2022

Joriy yilning 14 oktabr sanasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Markaziy Osiyoda biznesdagi ayollar” dasturi doirasida Xorazm viloyatida seminar tashkil etildi. 
Unda Xorazm viloyati Ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi Polvonova Zevarjon Otaboyevna soʼzga chiqib, Respublikamizda ayol tadbirkorlarning oʼrni va ularga yaratilayotgan imkoniyatlar toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtdi. Seminarda Xorazm viloyati hamda Tinchlik filiallarining tadbirkor mijozlari, Bosh ofis xodimlari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari qatnashishdi.

Seminar davomida kelajakda ayol tadbirkorlarning bilimlarining oshirish, har jabhada motivatsiya uygʼotishga xizmat qilishni rejalashtirilayotgan yangi “Betakror” biznes klubining namoyishi boʼlib oʼtdi. Ushbu klubning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, unga aʼzo boʼlgan tadbirkor va boʼlajak biznes egalariga doimiy tarzda biznes gʼoyalarni qoʼllab-quvvatlash va toʼgʼri yoʼnalishda shakllanish boʼyicha doimiy maslahatlarga berib boriladi.


Shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “kichik biznesni moliyalashtirish va riojlantirish” departament tahlilchisi Azamat Matkarimov tomonidan oʼtkazilgan “Kichik biznes uchun maslahatlar” mavzusidagi interaktiv master klass ishtirokchilarda oʼzgacha qiziqish uygʼotib, faollikni oshirdi. 


Maʼlumot oʼrnida, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Markaziy Osiyoda biznesdagi ayollar” dasturiga 10 mln.dollarlik investitsiya kiritilgan boʼlib, 
kredit liniyasi doirasida 106 ta ayol tadbirkorlar faoliyati yoʼlga qoʼyilib moliyalashtirildi. Natijada 403 ta ish oʼrnii yaratildi.

Аytish kerakki, bugungi kunda bankimiz ayol tadbirkorlarga faqatgina kredit ajratilishi bilan cheklanib qolmasdan, balki ularning tadbirkor sifatida shakllanishida kompleks xizmat koʼrsatilishini yoʼlga qoʼygan. Shuningdek, ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Seminar yakunida, faol ayol tadbirkorlar Xorazm viloyat filiali tomonidan esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.