“Ipoteka-bank” ATIB kichik biznes subyektlari uchun “Woman in bussines СА” dasturi doirasida infosessiya o`tkazdi.
Nashr etilgan: 17 mart, 2023
Joriy yilning 16 mart kuni “Ipoteka-bank” ATIB hamda “BILLZ” kompaniyasi mutahassislari bilan hamkorlikda infosessiya o`tkazildi. Ushbu infosessiya Yunusobod, Mirobod, Mehnat va Toshkent Shahar filiallarining chakana faoliyat bilan shug`ullanuvchi kichik biznes subyektlari uchun bo`lib o`tdi.
Qanday qilib BILLZ kompaniyasi yordamida mijozlarga oid ma`lumotlarini to`plash mumkinligi va ularning sodiqligini oshirish mavzusidagi infosessiya ishtirokchilarda oʼzgacha qiziqish uygʼotib, faollikni oshirdi.
“Ipoteka-bank” АTIB hamda “BILZZ” kompaniyasi bilan hamkorlikda hududlarda o`tkazilayotgan infossesiyalarimizda ishtirok etishingizni kutib qolamiz.