Nashr etilgan: 14 fevral, 2022
Joriy yilning 11-fevral kuni ikki buyuk shoir, mutafakkir - Mir Аlisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludi munosabati bilan Ipoteka-bank Bosh ofisi va barcha filiallar xodimlari ishtirokida “Аlisher Navoiy siymosi-mangu barhayot” hamda “Zahiriddin Muhammad Bobur - yor va diyor kuychisi” mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi. Unda maʼnaviyat targʼibotchilari jamiyati aʼzosi, filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori E.Nasrullaev ishtirok etdi.
Tadbir avvalida soʼzga chiqqan Boshqaruv Raisi oʼrinbosari Mahmud Аbdurahmonov “Oʼz davrining maʼrifatli siymolari tomonidan millatni qoʼllab-quvvatlash hamda dunyoqarashini oʼstirishga qaratilgan harakatlari jamiyat hayotini yanada yaxshilanishi hamda aholining maʼnaviy-maʼrifiy tafakkurini yuksalishiga turtki boʼlgani haqida, qolaversa, bugungi tadbir ham yurtga daxldor har bir fuqaroning ijtimoiy faolligini oshirish, siyosiy-huquqiy ongini oʼstirishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Shundan soʼng, maʼnaviyat targʼibotchilari jamiyati aьzolari tomonidan ulugʼ mutafakkirlar hayoti va ijodi bilan bogʼliq ilmiy xulosalar keltirib oʼtildi. Xususan, filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori Elmurod Nasrullaev “Bugungi kunda hukumatimiz rahbari tomonidan ulugʼ mutafakkirlarning hayotini abadiylashtirishga qaratilgan saʼy-harakatlar zamirida kuchli demokratik jarayonlarni boshqarish va kelajak avlodni tarbiyalashdek muhim omillar sabab boʼlayotgani taʼkidlandi.
Tadbir soʼnggida mutafakkirlar ijodidan turli sheʼriy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berildi.