Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Komplayns nazorat yo'nalishi bo'yicha seminar trening tashkil etildi

Nashr etilgan: 16 dekabr, 2023

OTP guruhining sanksiya siyosatini Ipotekabank tizimida samarali amalga oshirish va “Ipoteka-bank” ATIBda ushbu yo’nalish bo’yicha faoliyat olib borayotgan mutaxassislar uchun zarur treninglar oʻtilishini taʼminlash maqsadida OTP Bank Bosh ofisi Komplayns departamentining katta maslahatchisi - Papa Petro, Sanksiyalar va embargolarga rioya qilish boʻlimi va Xalqaro Komplayns boshqaruv bo‘limining komplayns bo‘yicha katta maslahatchisi Sik Barnabas 2023-yil 11-15-dekabr kunlari “Ipoteka-bank” ATIB ga tashrif buyurib, Bank rahbariyati, Chakana va Kishik biznes bloki, Risk bloki, korporativ banking va bozor vositalari bo’limlari uchun trening o‘tkazdi. 



Komplayns yo’nalishi mutaxassislari uchun trening o’zgacha ko’rinishda o’tkazildi. Unda Departament bircha kichik guruhlarga bo’lingan holda turli qiyin vaziyatlar bo’yicha yuklatilgan vazifani bajarishdi.  



Shuningdek, barcha filiallar mas’ul xodimlari ishtirokida ham zoom orqali seminar tashkil etildi.



Shu bilan birga operatsion blok hamda Kichik biznes yo’nalishlarining 100 ortiq mutaxassislari uchun ham seminar treninglar tashkil etildi.