Nashr etilgan: 16 noyabr, 2023
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan “Umumjahon pul haftaligi” (Global money week) xalqaro ta’lim doirasida respublika miqyosida o‘quv dargohlarida keng ko‘lamli ta’lim va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan edi.
Yosh avlodga moliyaviy bilim berish ilk tushunchalarni shakllantirish va sohaga yoshlarni izchil jalb qilish yuzasidan o‘tkaziladigan ushbu tadbirda butun dunyoning turli nuqtalaridan millionlab yoshlar ishtirok etadilar.
Tadbir doirasida Ipoteka-bankning bir guruh xodimlari Toshkent shahar va viloyatlardagi maktablarda ta’lim olayotgan yoshlar bilan uchrashdilar.