Nashr etilgan: 16 iyun, 2022
2022 yilning 15-iyun kuni telegram ijtimoiy tarmogʼi orqali Аndijon shahrida joylashgan “Ipoteka-bank” АTIB da yetarlicha mablagʼ boʼlmagani sababli odamlar sarson boʼlayotgani toʼgʼrisida maʼlum qilingan.
Ipoteka-bank Аxborot xizmati ushbu vaziyat boʼyicha quyidagilarni maʼlum qiladi:
Shu kunlarda Аndijon shahrida bank xizmatlaridan foydalanuvchilar oqimining koʼpayganligi sababli ayrim hollarda bank kassasida navbatlar yuzaga kelgan.
Mazkur vaziyat bank Bosh ofisi tomonidan nazoratga olinib, filial rahbari va masʼul xodimlariga tegishli koʼrsatmalar berildi. Filial masʼullari tomonidan ushbu kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari koʼrilmoqda. Shu bilan birga bank xizmatlari isteʼmolchilari hamda mijozlarga oʼz vaqtida va sifatli xizmat koʼrsatish yoʼlga qoʼyilgan.
Hozirda bank xodimlari mijozlarga chakana kassalar orqali xizmat koʼrsatish vaqtida yuzaga kelayotgan navbatlarning oldini olish maqsadida yaqindan yordam berib kelmoqda.