Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat!

Nashr etilgan: 16 yanvar, 2024

Ijtimoiy tarmoqlarda “"Ipoteka retail" mobil ilovasi kreditlarni o‘z vaqtida yechib olmayotganligi, kredit to‘lashda muammolar bo‘layotganligi, mobil ilova haddan ziyod katta penya undirayotgani” yuzasidan e’tiroz qoldirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarning birida qoldirilgan post o‘rganilganda 2024 yilning 10 yanvar kuni bankning "Ipoteka retail" mobil ilovasi ish faoliyatida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilganligi ma’lum bo‘ldi.

Aynan qoldirilgan postga izoh tariqasida yuzaga kelgan vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida bankning telegram botiga murojaat yuborish tavsiya etilgan yoki masalani hal etish uchun telefon raqamini qoldirish so’ralgan.

Qo’shimcha tarzda post muallifi bilan bog’lanilib vaziyat o’rganilganida post qoldirgan shaxs nomiga bankdan hech qanday kredit rasmiylashtirilmaganligi, ushbu shaxs dugonasiga yordam berish maqsadida o‘ziga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari muhokamasiga qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi.

Mijoz olingan kreditlarni vaqtidan ikki kun kechiktirib so‘ndirganligi uchun hisoblangan penya miqdori onlayn mikroqarz oferta shartnomasining 8.2 va 8.3 bandlariga muvofiq hisoblangan va 2024 yil 11 yanvar holatiga 1 207 so‘mni tashkil etgan va undirilgan. Murojaatda kredit bo‘yicha qarzdorlik ikki kun kechiktirib to‘langanligi uchun 280 000 so‘m penya yechib olinayotganligi iddao qilingan. Lekin hech qayerda bu summa ko‘rsatilmagan va bu ma’lumot qayerdan olinganligi ma’lum qilinmagan.

Post egasi bilan suhbat davomida mijoz bilan bank o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat aslida boshqacha ekanligi, post egasi mavjud vaziyatni to‘liq o‘rganmasdan, noto‘g‘ri ma’lumotlarni uchinchi shaxs bo’la turib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilganligini, bu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuniga zidligini, bank obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatganlik uchun, qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkinligi aytilgan.

Hurmatli bank xizmatlari foydalanuvchilari, bank bilan yuzaga kelgan har qanday tushunmovchiliklarni bank mutaxassislari bilan bog‘langan holda aniqlashtirishingizni va tekshirilmagan hamda o‘zingiz bilan shaxsan aloqasi bo‘lmagan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikni so‘rab qolamiz.

Firibgarlarning qurboni bo‘lib qolmaslik uchun bank faoliyatiga oid har qanday savollar bo‘yicha bankning Kontakt markaziga 1233 qisqa raqami yoki 78-150-11-22 telefon raqami orqali qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Bundan tashqari mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida dasturlashtirilgan Telegram bot (https://t.me/Ipoteka_muloqot_bot) orqali murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.