Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka-bank: bank sarmoyalari baliqchilik sohasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda

Nashr etilgan: 15 iyul, 2021

Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda etti xazinaning biri baliqchilik sohasini jadal rivojlantirish borasida "Ipoteka-bank" ATIB tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Bugungi kunda mamlakatimizda 3800 dan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar baliqchilik faoliyat bilan shug‘ullanib kelmoqda. Shundan, 3000 dan ortiq baliqchilik xo‘jaliklariga Ipoteka-bank filiallari tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Ipoteka-bank tomonidan moliyalashtirilgan baliqchilik xo‘jaliklari jadal rivojlanib kelmoqda va sezilarli natijalar qo‘lga kiritib kelinmoqda. 

Xususan, 2017-2020 yillar davomida baliqchilik yo‘nalishidagi jami 3273 ta loyihalarga 1 728,2 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, natijada 6748 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Jumladan, birgina 2020 yilda 758 ta loyihaga 576,9 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi hamda ushbu loyihalar orqali ikki mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.

Shu o‘rinda aholini sifatli, oqsilga boy baliq mahsulotlari bilan ta’minlash bir qatorda noyob baliq turlarini ko‘paytirish hamda eksportga yo‘naltirish ham ko‘zda tutilgan.

Shuniingdek, 2021 yil yakuniga qadar Ipoteka-bank mijozlari tomonidan amalga oshiriladigan umumiy qiymati 528,8 mlrd.so‘mlik 201 ta loyihalarga 274,4 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratilishi hamda 1270 ta ish o‘rinlari yaratilishi mo‘ljallangan.