Nashr etilgan: 15 iyun, 2023
Bugun Toshkent shahridagi Interkontinental mehmonxonasida “OTP bank tomonidan Ipoteka-bankning rasman sotib olinishining birinchi bosqichi yakunlanganligiga bagʼishlangan” press-konferentsiya tashkil etildi.
Unda OTP bank Boshqaruv raisi oʼrinbosari Laszlo Wolf, Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri oʼrinbosari Ilxom Norqulov hamda Ipoteka-bank boshqaruv raisi Elyor Inomjonovlar ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda bir qator ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Tadbir davomida kelgusida Ipoteka-bankni moliyaviy va transformatsiya jarayonlari yanada jadallashuvi va mijozlarga xizmat koʼrsatish koʼlami yanada rivojlanishi borasidagi rejalar haqida maʼlum qilindi.
Maʼlumot oʼrnida: Vengriyaning OTP guruhi bugungi kunda 11 ta mamlakatning 23 dan ortiq banklariga egalik qiladi va jahon iqtisodiy koʼlamida oʼz oʼrniga ega.