Nashr etilgan: 15 iyun, 2022
Ipoteka-bank Bosh ofisida “Konstitutsiyaviy islohotlar – xalqimiz tayanchi” mavzusida tadbir boʼlib oʼtdi.
Tadbirni Boshqaruv Raisining birinchi oʼrinbosari Farrux Botirov ochib berib, qomusimizning turli qismlariga kiritilayotgan oʼzgarishlarda bank xodimlarining ham siyosiy faolligi muhim ekanligini taʼkidladi.
Tadbir davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʼmitasi raisi Erkin Zohidov barcha ishtirokchilarga yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarda fuqarolar pozitsiyasi, iqtisodiyot va bank sohalaridagi oʼzgarishlar, Bosh qomusimizning aholi hayotidagi oʼrni va mukammallik darajasi borasida batafsil maʼlumot berib oʼtdi.
Eslatib oʼtamiz, bugungi kunda Respublika doirasida Konstitutsiyaga oʼzgartirish kiritish yuzasidan maxsus komissiya tuzilgan boʼlib, ularga aholining barcha qatlamlaridan takliflar yigʼish vazifasi yuklatilgan.