Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka-bank korrupsiyaga qarshi!

Nashr etilgan: 15 mart, 2023


O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga Qarshi Kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligi reyting baholashdan o‘tkazildi.

Baholash 62 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, “yaxshi”,  “qoniqarli” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratildi.



Jumladan, reyting natijalariga ko‘ra Ipoteka-bank “yaxshi” toifaga kirdi.  

Agentlik  axborotida Ipoteka-bankda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va kamaytirishning samarali mexanizmi joriy etilgan hamda xodimlar o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tizimli yo‘lga qo‘yilganligi qayd etilgan.