Nashr etilgan: 15 fevral, 2023
“Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofisi va barcha filiallar xodimlari ishtirokida atoqli davlat mutafakkirlari gʼazal mulkining sultoni “Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligi” hamda “Аlisher Navoiyning 582 yilligi” ga bagʼishlangan maʼrifiy davra suhbati oʼtkazildi.
“Buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodi” mavzusida tashkil etilgan tadbir davomida maʼnaviyat targʼibotchilari jamiyati aʼzosi, filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori Shoxida Siddiqova tomonidan bobokalonlarimizning hayot yoʼllari, oʼlmas ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʼrin tutishi taʼkidlab oʼtildi.
Zero, daho mutafakkirlar asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy gʼoyalar, oʼsib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ular qalbida yuksak axloqiy va ijodiy fazilatlarni tarbiyalashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Davra suhbati soʼnggida, mutaxassislar tomonidan savollarga javob berilib, oʼzaro fikr almashildi.
Toleʼ yoʼqki jonimgʼa baloligʼ boʼldi,
Har ishnikim, ayladim xatoligʼ boʼldi,
Oʼz yerin qoʼyib Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, ne yuz qoroligʼ boʼldi.