Nashr etilgan: 15 yanvar, 2024
Ijtimoiy tarmoqlardi “ “Ipoteka-Retail” mobil ilovasi orqali onlayn mikroqarz oldim va ikki kun o‘tib uni so‘ndirishimga qaramasdan ilovada hamon ko‘rinib turibti” ma’nodagi post qoldirilgan
Ushbu xolat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz. “Ipoteka-Retail” mobil ilovasi orqali olingan va so‘ndirilgan onlayn kreditlar 2024 yilning yanvar oyining ikkinchi yarmiga qadar dasturda inson omili ishtirokida yangilanar edi. Joriy yil yanvar oyining ikkinchi yarmidan boshlab ushbu jarayon avtomatlashtirilgan va kredit so‘ndirilgan kundan uch bank ish kuni o‘tib dasturda o‘chirilishi joriy etilgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda Ipoteka-bank mijozlar va iste’molchilarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatilishi, ular uchun foydali takliflar ishlab chiqilishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirib kelmoqda.