Nashr etilgan: 14 iyun, 2022
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25-maydagi PF-141-son “Hisob-kitob tizimini takomillashtirish va xoʼjalik yurituvchi subyektlarning toʼlov intizomini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonining 1-bandiga muvofiq 2022 yil 15-iyundan boshlab xoʼjalik yurituvchi subyektlarning tijorat banklarida ochilgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yoʼl qoʼyilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlari tugatilishi hamda maxsus maqsadli hisobvaraqlar Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida ochilishi va yopilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy yil 15-iyun sanasidan boshlab, Vazirlar Mahkamasining yangi qabul qilinadigan qarorida koʼrsatilmagan maxsus maqsadli hisobvaraqlardagi mablagʼlarga undiruv qaratiladi.
Shunga koʼra, ushbu mablagʼlar boʼyicha belgilangan toʼlovlarni 15-iyungacha qadar oʼtkazish choralarini koʼrishingiz hamda ushbu sanadan boshlab, qarorga kiritilmagan maxsus maqsadli hisobvaraqlarning maqomi ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarga tenglashtirilishini va 2-son kartotekani soʼndirish uchun yoʼnaltirilishini maʼlum qilamiz.