Nashr etilgan: 14 aprel, 2023
Ijtimoiy tarmoqlarlarda Ipoteka-bankning Аndijon shahridagi filialidan bir haftadan beri tashkilot xodimi uchun bank kartasi oʼz vaqtida berilmayotgani haqida xabar qoldirilgan.
Ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Joriy yilning 13 aprel kuni fuqaro Moʼminova Dilnozaxon Gulyamovna tomonidan Ipoteka-bank Аndijon viloyat filialiga ish haqi loyihasi doirasida bank kartasi ochib berish boʼyicha ariza qoldirilgan.
Mazkur arizaga asosan bank kartasi oʼz vaqtida taqdim etilmagani yuzasidan “Ipoteka-bank” АTIB Аndijon viloyati filiali rahbar va masʼul xodimlariga tegishli koʼrsatma va tushuntirishlar berildi.
Fuqaro Moʼminova Dilnozaxon Gulyamovnaga joriy yilning 13 aprel sanasida bank kartasi ochib berilib, topshirildi.