Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Davlat ramzlari bo'yicha o'quv seminari bo'lib o'tdi

Nashr etilgan: 13 dekabr, 2021

“Mamlakatimiz mustaqillikka erishguniga qadar toʼgʼrirogʼi, 1990 yil 24 iyun sanasida qabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyasining oʼzidayoq Oʼzbekiston Respublikasi oʼzining davlat ramzlariga ega boʼlishi kerakligi takidlangan. Davlat madhiyasi – davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzi sarhadlarida mustaqil Oʼzbekiston davlati borligini anglatadi va oʼzida milliy-madaniy anʼanalarimizni mujassamlashtiradi. Uning qabul qilingani katta tarixiy voqeadir, - deya taʼkidladi Boshqaruv Raisi oʼrinbosari “Ipoteka-bank” АTIB xodimlari uchun tashkillashtirilgan oʼquv seminari avvalida.


“Ipoteka-bank” Yakkasaroy filialida “Davlat ramzlari-huquqiy asosimiz” mavzusida oʼtkazilgan seminarda bank bosh ofisi va barcha filiallar xodimlari “ZOOM” platformasi orqali bogʼlangan holda ishtirok etishdi. Ijodiy uchrashuv davomida qisqa muddat davomida Oʼzbekistonda davlat ramzlari va Konstitutsiyasi ishlab chiqilgani, yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yoʼlida muhim ishlar bajarilgani, qolaversa, zamonaviy davlatchilik asoslari, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, va sud hokimiyati shakllangani haqida toʼliq maʼlumot berildi. Shuningdek, Oʼzbekiston milliy teleradiokompaniyasi siyosiy sharhlovchisi, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan jurnalist, “Shuhrat” medali sohibi va YuNESKO akademigi Qobilbek Karimbekov oʼzining chiqishi davomida oʼzbek tarixida milliy valyutamiz-soʼmning joriy qilingani, oltin-valyuta zahiralarimiz shakllantirilgani katta qadam ekanligini taʼkidladi. 


Unda qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, oʼzligimiz aks ettirilgani gapirildi. Ijodiy uchrashuvda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi targʼibotchisi jamiyat aʼzosi Bahodir Yusupov ishtirok etib, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi borasida bir qancha moddalarni keltirib oʼtdi. Hamda Vatan pasporti hamyurtlarmizning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi muhim hujjat ekanligini e'tirof etdi.


Qizgʼin bahs-munozara tarzida oʼtkazilgan seminar davomida qatnashchilariga bugungi kunda pul muomalasi va kredit sohasini yanada takomillashtirish va barqarorlashtirish yoʼlida amalga oshirilishi kerak boʼlgan muhim vazifalar, tavsiya va takliflar berildi.