Filiallarda tadbirkor ayollarning moliyaviy bilimlarini oshirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda
Nashr etilgan: 13 oktyabr, 2022
«Ipoteka-bank» АTIB hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Woman in bussines SА” dasturi doirasida joriy yilning 12 oktabr kuni Mehnat filialida Mehnat va Yashnobod filiallari mijozi boʼlgan ayol tadbirkorlar ishtirokida “Zamonaviy biznesni yuritish yoʼllari” mavzusida seminar-trening boʼlib oʼtdi.
Seminar davomida ayol tadbirkorlar guruhlarga boʼlingan holda interaktiv “Mikro biznes” oʼyinida ishtirok etdilar.
Ushbu tashkil etilgan seminar-trening orqali ayol tadbirkorlar biznesni yuritishda ilgʼor bank texnologiyalari va bank xizmatlarining innovatsion yondashuvlari toʼgʼrisida xabardor boʼlgan holda, mijozlarni oʼzaro fikr almashish hamda oʼz faoliyatlari davomida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan risklarni baholash salohiyatlariga ega boʼldilar.
Navbatdagi seminar – trening Olmazor filialida bo‘lib o‘tadi