Bankning aktiv amaliyotlari doirasida ekologik va ijtimoiy risklarni monitoring qilish ishlari boshlandi
Nashr etilgan: 13 iyun, 2022
Bugungi kunda ekologik, ijtimoiy va boshqaruv omillari (ESG) bilan bogʼliq bahs va munozaralar dolzarb boʼlib bormoqda. Bu ayniqsa COVID-19 pandemiyasidan soʼng oʼz ahamiyatini mustahkamlab bormoqda. Natijada kompaniyalar oʼz biznes amaliyotlarini oʼzgartiradigan xatti-harakatlar va odatlarga duch kela boshladilar. Bundan tashqari, banklar kreditlash va aktivlarni boshqarish nuqtai nazaridan, aktivlar qiymatini yoʼqotishi borasidagi inqiroz va u bilan bogʼliq kredit risklari bilan kurashib kelmoqda.
Shu nuqtai nazardan, bankda bu turdagi risklarni boshqarish borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, oldinroq xabar berganimizdek, bankda ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish tizimi faoliyati yoʼlga qoʼyilgan. Tizim bank xizmatlari natijasida amalga oshirilayotgan loyihalar va butun bankning faoliyati doirasida ekologik, ijtimoiy va boshqaruv omillari bilan bogʼliq risklarni aniqlash, baholash va ularni oqilona boshqarish bilan bogʼliq amaliyotlar majmuini oʼz ichiga oladi. Bu vazifalarni bajarish maqsadida CRM-light tizimida har bir kredit ariza koʼrib chiqilishi jarayonida, ekologik va ijtimoiy risklarni baholash tizimi yoʼlga qoʼyilgan hamda bu tizim amalda toʼliq ishlab kelmoqda. Аmmo ekologik va ijtimoiy risklarni baholash jarayoni, ushbu tizimning bir qismi hisoblanib, tizimni toʼlaqonli ishlashini taʼminlash uchun bank xizmatlari natijasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida ekologik va ijtimoiy talab va standartlarning bajarilishi boʼyicha monitoring oʼtkazish orqali nazorat oʼrnatish zarurati mavjud edi.
Shuning uchun ham ayni paytda bankda ekologik va ijtimoiy risklarni monitoring qilish borasidagi ishlarni bank faoliyatiga tadbiq qilish ishlari boshlab yuborildi. Bu bilan ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish tizimining samarali faoliyat yuritilishini taʼminlanishi maʼlum.
Shu maqsadda, ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish boʼlimining sayi-xarakatlari bilan, aktiv amaliyotlar monitoringi jarayoni ishtirokchilari uchun onlayn seminar (vebinar) tashkil qilindi. Vebinar 2022 yilning 7 iyun sanasida konsuruktiv dialog ruhida tashkillashtirildi. Vebinar yakuni boʼyicha ekologik va ijtimoiy risklarni monitoring qilish ishlarini tashkil qilish formati va jadvali hamda boshqa zururiy tashkiliy masalar boʼyicha chora-tadbirlar rejasi kelishilib olindi.