Nashr etilgan: 13 may, 2024
Oʼrganishlar davomida, yuqoridagi firibgarlik holati “Ipoteka-bank” АTIB Аndijon viloyat filiali mijozi bilan 21.12.2023 sanasida sodir bo’lgani aniqlandi.
Bugungi kunda “Ipoteka-bank” АTIB Аndijon viloyat filiali tomonidan ushbu holat yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Аndijon viloyat boshqarmasiga “Onlayn-mikroqarz” olishda sohta maʼlumotlar taqdim qilinib kredit olgan mijozlar xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi mazmunidagi murojaat yoʼllangan. Hozirgi kunda holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʼtkazilmoqda.
Voqea boʼyicha chiqarilgan yakuniy xulosalarni tekshiruvdan soʼng, bankimiz rasmiy sayti orqali maʼlum qilamiz.
Shu oʼrinda, mijozlarimizdan shu kabi holatlar yuzaga kelishiga sharoit yaratib bermasliklarini, uchinchi shaxsga shaxsiy maʼlumotlarini taqdim qilmasliklarini, notanish havolalarga kirmasliklarini soʼrab qolamiz.
Maʼlumot oʼrnida, Ipoteka-bank mobil ilovasi orqali onlayn mikroqarz rasmiylashtirish uchun mijoz bir nechta jarayonlardan oʼtishi kerak boʼladi. Xususan, roʼyhatdan oʼtish davomida login va parollarni uyali aloqa vositasiga kelgan sms kodlar bilan tasdiqlash va «My ID» kabi havfsiz biometrik identifikatsiyadan oʼtish talab etiladi. Bu jarayonlarning barchasi havfsizlik nuqtai nazaridan mijozlar aldanib qolishini oldini olishga qaratilgan.