Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka-bank: Iqtidorli talabalar uchun yangi imkoniyatlar

Nashr etilgan: 13 aprel, 2023

Zamon bilan hamnafas ravishda kuchli, tashabbuskor va bilimli kadrlarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu oʼrinda, ularni amaliyot bilan uygʼunlikda amaliy koʼnikmalarini oshirish sohada muvaffaqqiyatga erishishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Xususan, Ipoteka-bankda ham yoshlarni moliya-bank sohalarida faoliyat yuritishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish boʼyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Bugun "Ipoteka-bank" АTIB Bosh ofisida Boshqaruv Raisi E.Inomjonov va yurtimizning nufuzli oliygohlarining informatsion texnologiyalar va bank-moliya yoʼnalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalari ishtirokida davra suhbati boʼlib oʼtdi.



Suhbat davomida yoshlarga bankimizning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga qo'shayotgan beqiyos hissasi, shuningdek bank-moliya bozoridagi yutuqlari haqida maʼlumot berib o'tildi.



Kelgusida bank sohasiga qiziqadigan, yangicha fikrlaydigan, zamonaviy va qulay talab, takliflariga ega yosh kadrlar soha sifatini oshishiga oʼz xizmatlarini qoʼshishlariga ishonamiz.