Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

OTP Bank O‘zbekistonning Ipoteka-bankini sotib oldi

Nashr etilgan: 12 dekabr, 2022

O‘tgan yilning sentabr oyida imzolangan kelishuv memorandumidan so‘ng, Ipoteka-bankni xususiylashtirish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi OTP Bank nomidan Boshqaruv Raisi – Bosh direktor Sándor Csányi va Bosh direktor o‘rinbosari László Wolf hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan Moliya vaziri Timur Ishmetov va O‘zbekiston Respublikasi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjaev tomonidan Toshkent shahrida imzolandi. OTP Bank O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli bo‘lgan 100% aksiyalarni (jami aksiyalarning qariyb 97%i) ikki bosqichda sotib oladi: dastlab aksiyalarning 75%i va uch yildan so’ng qolgan 25%i sotib olinadi. Bitim shartlari 2023-yilning birinchi yarimida to’laligicha amalga oshirilishi kutilmoqda. Ipoteka-bankning bozordagi ulushi 8,5 foizni tashkil etib, O‘zbekistonning beshinchi yirik banki hisoblanadi va chakana mijozlar soni 1,6 milliondan oshadi.  

OTP Bank tomonidan O‘zbekiston bank sektorini xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish yuzasidan O‘zbekiston hukumati bilan 2020-yilning oxiridan boshlab muzokaralar olib borilayotgan edi. Muzokaralar natijasida taraflar tomonidan o‘tgan yilning kuzida “Ipoteka-bank”ni potentsial xarid qilish to‘g‘risida kelishuv memorandumini imzolandi va bugun bitim shartlari bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi imzolandi. Hujjat Toshkent shahrida OTP Bank nomidan Boshqaruv Raisi va Bosh direktori Sándor Csányi va Bosh direktor o‘rinbosari László Wolf hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan Moliya vaziri Timur Ishmetov va O‘zbekiston Respublikasi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjaev tomonidan imzolandi. 


Shu bilan birga, OTP Bank va Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) o'rtasida Ipoteka-bankda kelgusidagi hamkorlik to'g'risida kelishuv memorandumi ham imzolandi. XMK bir necha yillardan buyon Ipoteka-bankni transformatsiya qilish bo'yicha yordam ko'rsatib kelmoqda hamda XMK bundan keyin ham OTP Bankni yangi salohiyatli aksiyador sifatida qo’llab–quvvatlashini va o’zaro hamkorlikni davom ettirishini bildirdi.

“Biz O‘zbekiston bank sektorini xususiylashtirishdagi ishtirokimizni ajoyib imkoniyat deb bilamiz. Bizning kelajakdagi maqsadimiz OTP guruhini O‘zbekiston bank bozoridagi asosiy ishtirokchisiga aylantirishdir. O'zbekistonda boshlangan islohotlar OTP Bank tarixida yangi sahifa ochish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi. So'nggi yillarda biz yevropa standartlari asosida ishlovchi turli toifadagi operatsion modellar, rentabellik koeffitsientlari va an'analariga ega ishtirokchilardan iborat xalqaro kompaniya yaratishga erishdik. OTP Group hozirda Yevropaning 11 mamlakatida faoliyat yuritadi va biz ushbu hududlardagi faoliyatimiz davomida katta tajribaga ega bo‘ldik. Bugun imzolagan shartnomamiz bizning faoliyatimizni yana 36 million aholisi bo’lgan O’zbekiston bozorida davom ettirish imkonini beradi. Ushbu bitim biz uchun ham yangi ham qiyin vazifadir. Ishonchim komilki, biz innovatsion mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz orqali O‘zbekiston iqtisodiyotining yanada jadal rivojlanishiga o’z hissamizni qo‘sha olamiz va OTP Bank aksiyadorlari uchun ham sezilarli qiymat yaratamiz”, – dedi Toshkentda shartnoma imzolangandan so‘ng Boshqaruv Raisi va Bosh direktori Sándor Csányi.


“Ipoteka-bank” aktivlar hajmi bo‘yicha O‘zbekistonning beshinchi yirik banki bo’lib, bozor ulushi 8,5 foizni tashkil etadi hamda 1,6 milliondan ortiq chakana mijozlar, respublika bo’ylab 39 ta filiallar, 193 ta bank ofislari va yirik korporativ mijozlarga ega. Mahalliy bank sektorining jadal o'sishiga mos ravishda bank aktivlari so'nggi uch yil ichida yuqori suratlarda o’sib, kredit portfeli o'rtacha yillik 20 foizga va depozit portfeli 24 foizga oshdi. So'nggi yillarda bankning sof foydasi ham doimiy ravishda oshib bormoqda. Ipoteka-bank qoshida moliyaviy lizing xizmatini ko’rsatuvchi Ipoteka Lizing va sug'urta xizmatlarini taqdim etuvchi Imkon Sug'urta sho’ba kompaniyalari faoliyat yuritadi. Bankning har ikki sho'ba korxonasi tuzilgan bitimning bir qismi hisoblanadi. Bitim bo’yicha to’lovlar 2023 yilning birinchi yarmiga qadar amalga oshirilishi kutilmoqda.


OTP Bank bilan oldi-sotdi shartnomasining imzolanishi O‘zbekistonning strategik tashabbuslaridan kelib chiqib amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2020-2025-yillarda O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasi”ga muvofiq, yirik davlat banklarini strategik investorlar tomonidan bosqichma-bosqich xususiylashtirish ko‘zda tutilgan.

OTP Bank kabi yirik xorijiy bankning mahalliy bozorga kirib kelishi raqobatni kuchayishiga, korporativ boshqaruv standartlarini takomillashtirilishiga hamda bank xizmatlari sifatini oshishiga xizmat qiladi”, – deya ta’kidladi bitim imzolash marosimidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Timur Ishmetov.

“Bu bitim Ipoteka-bankning rivojlanish va transformatsiya jarayonlardagi muhim bosqich boʻlib, biz ushbu bitimning imzolanishidan xodimlarimiz va mijozlarimiz uchun juda mamnunmiz, – dedi Ipoteka-bank Boshqaruv Raisi Elyor Inomjonov. “Ipoteka-bank OTP Bank Group hamkorligida bank xodimlari uchun ish faoliyati davomida qulay muhit va imkoniyatlar yaratadi hamda mijozlarimizga yanada yaxshi xizmat ko‘rsatish uchun yangi va o‘ziga xos tajriba va texnologiyalar olib kiradi”.


OTP guruhi Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasidagi yetakchi moliyaviy guruhlardan biri boʻlib, moliyaviy oʻsish boʻyicha salmoqli natijalarga erishgan, yuqori rentabellik, barqaror kapital va likvidlik pozitsiyalariga ega. Mazkur guruh 11 mamlakatda 36 000 ga yaqin xodimlarga ega bo'lib, deyarli 16 millionga yaqin mijozlarga universal moliyaviy xizmatlar ko'rsatib kelmoqda. Mintaqaning bank tizimida eng faol konsolidator sifatida, OTP guruhi 2000-yillarning boshidan buyon 23 ta bankni muvaffaqiyatli sotib olgan va birlashtirgan. Bugungi kunda bank Vengriya, Bolgariya, Serbiya va Chernogoriya bozorlarida yetakchi hisoblanadi va Sloveniyada bitim tuzish bo’yicha zarur ruxsatnomalar olinganidan so'ng tez orada u bozorda ham yetakchiga aylanishi kutilmoqda. OTP guruhi shtab-kvartirasi Vengriyada joylashgan bo'lib, mulkchilikning diversifikatsiyalangan va shaffof tizimiga ega. Bank guruhi 1995 yildan beri Budapesht fond birjasida ro'yxatda turadi.

O’zbekistonda moliya sektorining rivojlanishi Guruhning yanada o’sishi uchun katta imkoniyatlarni yaratadi. So’nggi islohotlar natijasida tobora ochiq bo'lib borayotgan istiqbolli iqtisodiyotda mijozlar va ularning ehtiyojlari tez o'sishi kutilmoqda, bu esa O’zbekiston bank bozori tomonidan biznes uchun ko’plab yangi imkoniyatlarini taklif etadi.