Nashr etilgan: 12 may, 2023
“Ipoteka-bank” АTIB korporativ boshqaruvi tizimi samaradorligini oshirish hamda Prezidentimizning 2017 yil 12 sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari” toʼgʼrisidagi PQ-3270-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 8-12 may kunlari Bosh ofis va hududiy filiallar markazi rahbar xodimlari uchun 4 kunlik oʼquv seminari tashkil qilindi.
Oʼquv jarayonida "CERT ACADEMY GROUP" xalqaro trening kompaniyasining yetakchi auditori, trener Said-Аbrorbek Lukmanov tomonidan sohadagi ishlarni yanada yaxshilash, mijozlarga xizmat koʼrsatish jarayonlarini xalqaro andozalarga mos ravishda ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish tizimini yanada mukamallashtirishning yangi jihatlari, amaldagi imkoniyatlari va transformatsiya jarayonlarida ISO 9001 standarti boʼyicha mahalliy va xalqaro darajadagi sifat sertifikatining bugungi kundagi ahamiyati, “Sifat menejmenti tizimlari talablari” boʼyicha zaruriy maʼlumotlar berildi.
Oʼqish yakunida rahbar xodimlarga “Bank xizmatlarini koʼrsatish yoʼnalishida” ISO 9001 xalqaro standartiga muvofiqligi yuzasidan ichki audit oʼtkazish huquqini beruvchi sertifikat topshirildi.