Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Murojaatlar boʼyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot

Nashr etilgan: 11 avgust, 2023

Ipoteka-bank OTP Groupga 2023 yil 1-yarim yilligida kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqish natijalari boʼyicha
MА'LUMOT


Ipoteka-bank OTP Group tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʼrganish va xizmat koʼrsatishni sifat jihatidan yaxshilashga qaratilgan keng koʼlamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 

 Ipoteka-bank OTP Groupga 2023 yilning 1-yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni 1277 tani tashkil etgan boʼlib, shundan 221 tasi yozma, 938 tasi elektron va 118 tasi ogʼzaki murojaatlardan iborat. Koʼrib chiqilgan murojaatlarning 304 tasi ijobiy hal etilgan, 909 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgan, 59 ta murojaat koʼrmasdan qoldirilgan (murojaat muallifi arizasi anonim deb topilgan) va 1 ta murojaat rad etilgan.

Murojaatlarning asosiy qismi 580 tasi (45,4%) – kredit shartnomasi shartlariga oʼzgartirish kiritish boʼyicha, qolganlarini esa ipoteka krediti ajratish, tadbirkorlik faoliyati uchun kredit ajratish, isteʼmol va taʼlim kreditlari olish hamda chakana xizmatlar bilan bogʼliq masalalar tashkil qiladi. 

Joriy yilning 1-yarim yilligida bankka kelib tushgan 1277 ta murojaatlarni 2022 yilning 1-yarim yilligida kelib tushgan (1515 ta) murojaatlarga nisbatan solishtirganda, murojaatlar salmogʼi 16%ga kamayganligini koʼrishimiz mumkin. 

Ipoteka-bank OTP Groupga 2023 yil 1-yarim yilligi davomida Respublika miqyosida kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi Toshkent shahriga (322 ta) toʼgʼri kelmoqda.
Ipoteka-bank OTP Group tomonidan murojaatlar bilan ishlash borasidagi amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar aholining moliyaviy ahvolini yaxshilashga qaratilgan omillarni tahlil qilish va tegishli chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga zamin yaratmoqda.