Nashr etilgan: 11 iyul, 2024
Keyingi yillarda Ipoteka-bank tomonidan ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlik sohasida moddiy jihatdan qo‘llab–quvvatlashga qaratilgan qator islohotlar olib borilmoqda. Ularning negizida ayollarning mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida o‘z o‘rnini belgilash va mahsulotlar ishlab chiqarishdagi hissasini oshirish masalalari yotadi.
O‘tkazilgan tadbirlar davomi sifatida joriy yilning 8-10 iyul kunlari Ipoteka-bank va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda “Onlayn savdo, raqamli marketing, bozorlar va ijtimoiy tarmoqlar” mavzusida uch kunlik trening tashkillashtirildi.
Unda so‘zga chiqqan tajribali elektron savdo veb dizayneri va muvaffiqiyatli IT kompaniyasi rahbari Artem Krivsov va Yevgeniy Injiyevlar ishtirokchilarni onlayn savdoning bugungi kundagi ahamiyati, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolarga to‘g‘ri yechim berish yo‘llari, shuningdek, onlayn savdoning rentabelligini baholash, maqsadli auditoriya va ular soni oshirishga qaratilgan marketing faoliyatini aniqlash, Internet orqali onlayn savdoni samarali ragʻbatlantirish boʻyicha kerakli ma'lumotlarni berib o‘tishdi.
Bundan tashqari, tashrif davomida ayol tadbirkorlarimiz tovar va xizmatlarning onlayn savdosini samarali yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, shaxsiy biznes imkoniyatlari hamda ularni onlayn vositalar: korporativ veb saytlar, bozor, onlayn doʻkonlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali joriy etish masalalari bo‘yicha zaruriy ma'lumotlar, shuningdek, shaxsiy tadbirkorligida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Seminar so‘nggida, barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Ma'lumot o‘rnida, ushbu tadbir Ipoteka-bank vaYevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan “Ayollar tadbirkorligida raqamlashtirish va rivojlanish istiqbollari” mavzusida o‘tkazilgan tadbirning davomi hisoblanadi. Hamkorlik loyihasi doirasida bugungi kungacha 254 ta ayollarga barcha moliyalash manbalari hisobidan 80,2 mlrd.soʼmlik kreditlar ajratilib, 114 ta yangi ish oʼrinlari yaratilgan.