“OTP Bank Nyrt” “Ipoteka-bank” ATIB aksiyadorlari “Ipoteka-bank” ATIBdagi aksiyalarini qaytarib sotib olishni talab qilish va “Ipoteka-bank” ATIB ustav kapitalidagi o‘z ulushlarini sotish huquqiga ega ekanligini ma’lum qiladi.
Nashr etilgan: 11 iyul, 2023
Hurmatli “Ipoteka-bank” ATIB aksiyadorlari!
“OTP Bank Nyrt” “Ipoteka-bank” ATIB 50 foizdan ortiq aksiyalarining egasiga aylangani munosabati bilan hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 40-moddasiga asosan boshqa aksiyadorlarga o'z aksiyalarini bozor narxida sotish bo'yicha taklif bilan chiqmoqda.
“OTP Bank Nyrt”, yuridik manzili: Budapesht, Vengriya, Nador ko‘chasi, 1051 uyda joylashgan “Ipoteka-bank” ATIB 73,71 foiz aksiyalariga egalik qilgan holda “Ipoteka-bank” ATIB aksiyadorlariga 2023-yil 10-iyuldagi “Toshkent” Respublika fond birjasidagi savdolar natijasida shakllangan bozor narxini hisobga olib, har bir oddiy aksiya uchun 0,94 so‘m va har bir imtiyozli aksiya uchun 4,02 so‘m miqdorida o‘z aksiyalarini sotishni taklif qiladi.
Agar siz o‘z aksiyalaringizni belgilangan narxda sotishga rozi bo‘lsangiz, ushbu taklif kiritilgan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida (ya’ni, 2023-yil 10-avgust ish kuni tugaguniga qadar) info@ipotekabank.uz elektron manziliga yozma roziligingizni (“Ariza”) yuboring).
O'z aksiyalarini sotmoqchi bo'lgan aksiyadorlar arizani to'ldirishlari va imzolashlari kerak, shuningdek, korporativ aksiyadorlar bo'lsa, unda o'z kompaniyasining muhri bo'lishi kerak.
Oldi-sotdi shartnomasini tuzish, aksiyalarni sotib olish narxini o‘tkazish, shuningdek aksiyalarni depo hisobvarag‘iga kiritish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va "Toshkent" Respublika fond birjasining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Har bir aksiyador o'z aksiyalarini sotish uchun zarur bo'lgan kelishuvlarni, roziliklarni va boshqa harakatlarni o'z vaqtida olish (shu jumladan investitsiya vositachisiga aksiyalarni debetlash va kreditlash uchun zarur hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etish), shuningdek har qanday komissiya, yig'im va soliq, shu jumladan investitsiya vositachisining haqlari to'lovlarni to'lash uchun yakka tartibda javobgar.
Ushbu e'lon bo'yicha savollaringiz bo'lsa, quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: O'zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent, ko'ch. Shahrisabz, 30. Telefon; 78-150-89-74 info@ipotekabank.uz.
Aksiyani sotish uchun ariza |
||
1 |
To‘liq ism sharif |
|
2 |
Pasport / ID seriyasi va raqami |
|
3 |
JSHSHIR (PINFL) |
|
4 |
Yashash joyi |
|
5 |
E-mail manzili |
|
6 |
Xizmat ko'rsatuvchi broker |
|
7 |
Qayta sotib olinadigan aksiyalar soni |
|
8 | Telefon raqam |