Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Bekobod shahrida yangi bank xizmatlari markazi oʼz faoliyatini boshladi

Nashr etilgan: 10 avgust, 2023

Ipotekabank OTP Group tomonidan aholiga bank xizmatlari koʼrsatishning qulay va istiqbolli formatini amaliyotda tadbiq etib kelmoqda. Bugungi kunda Ipotekabank OTP Group bank xizmatlar markazlari avvalo mijozlarning bank xizmatlariga boʼlgan ehtiyojlarini oqilona qondirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. 

Аna shunday bank xizmatlari markazlaridan navbatdagisi Toshkent viloyati Bekobod shahrida mijozlarga hamda isteʼmolchilarga sifatli xizmat koʼrsatish maqsadida oʼz faoliyatini boshladi. 


Ushbu “Samo” bank xizmatlari markazida isteʼmolchilar uchun kredit ajratish, omonat rasmiylashirish, valyuta ayirboshlash, xalqaro pul oʼtkazmalari, toʼlovlarni qabul qilish kabi xizmatlardan foydalanish imkoniyati yoʼlga qoʼyilgan. Shuningdek, markazda isteʼmolchilar bankomatlar xizmatidan ham foydalanishlari mumkin.

Bunday markazlar faoliyati yoʼlga qoʼyilishidan asosiy maqsad, mijozlar va isteʼmolchilarga yanada yaqinroq boʼlishni koʼzlagan holda, ularga doimiy ravishda biznes yuritish va shaxsiy mablagʼlarini toʼgʼri yoʼnaltirishga oid yoʼl-yoʼriq va maslahatlarni berib borishdir.