Nashr etilgan: 10 iyul, 2024
Ijtimoiy tarmoqlarda “Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish” qoʻmitasi “Ipoteka-bank”ga Instagram’dagi sahifasida bank mahsulotini noto’g’ri targ’ib qilgani uchun ish qoʻzgʻatgani haqida e’lon qilingan post yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Haqiqatdan ham “Super” omonati bo’yicha tayyorlangan qisqa videorolikda yillik foiz stavkasi 26,09% qilib ko’rsatilgan bo’lib, ushbu reklama roliki Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan Biroq, ushbu postda mahsulot haqidagi barcha ma'lumotlarni to’liq ochib berilmagan ya’ni 26,09% foiz stavkasi faqat dastlabki uch oyda amal qilinishi va undan keyin yillik 14% ni tashkil qilishi to’g’risida ma’lumot berilmagan. Bu mijozlarimiz orasida tushunmovchilik va chalkashliklarga olib kelgan.
Shuni ta'kidlash lozimki, har doim barcha depozit shartlari va foiz stavkalari bo’yicha batafsil ma'lumot videorolik ostidagi havolada, shuningdek, bankning rasmiy veb-saytida ko'rsatilib o’tilgan.
Bank tomonidan mijozlarimizning qarorlariga ta'sir qilishi mumkin bo’lgan xatolikka yo’l qo’yilganligini tan olamiz va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun chin dildan uzr so'raymiz.
Tushunganingiz va ishonchingiz uchun tashakkur. Biz mijozlarimizni qadrlaymiz va mijozlarimiz uchun mahsulotlar sifatini yaxshilash ustida ishlashda davom etamiz.