Nashr etilgan: 10 iyun, 2024
MUHIM KO‘RSATKICHLAR:
Bank aktivlari: Milliy hisob standartlariga ko’ra 2024 yil 1 iyun holatiga bankning jami aktivlari yil boshiga nisbatan 3,2 foizga oshib, 48,9 trln. so‘mni tashkil etgan. Jumladan, moliyaviy aktivlar 12,2 trln. so‘mni, kredit portfeli 34,8 trln so‘mni va boshqa aktivlar 1,9 trln. so‘mni tashkil etgan.
Bank kredit portfeli yaxshi diversifikatsiyalangan bo‘lib, portfelda ipoteka kreditlarning ulushi 40,3 foiz, kichik biznes kreditlarining ulushi 5,3 foiz, korporativ kreditlarning ulushi 31,2 foiz va chakana kreditlar 23,1 foizdan iborat.
Bank depozitlari: 2024 yil 1 iyun holatiga bank depozit bazasi yil boshiga nisbatan barqaror o‘sish kuzatilgan va depozitlar qoldig‘i 19,7 trln. so‘mni tashkil etgan.
Bank kapitali: Ipoteka-bankning jami kapitali 7,8 trln. so‘mga yetib, bankning investitsiyaviy faolligini yanada oshirishga zamin yaratildi. Bankning 1-darajali kapitali yetarliligi ko‘rsatkichi 15 foizni, regulyativ kapital yetarliligi ko‘rsatkichi esa 16,9 foizni tashkil qilib, Markaziy bank me’yorlariga javob beradi.
2024 yil 1 iyun holatiga bank depozit bazasi yil boshiga nisbatan barqaror o‘sish kuzatilgan va depozitlar qoldig‘i 19,7 trln. so‘mni tashkil etgan.
Daromadlilik: 2024 yil may oyi yakunlariga ko‘ra Ipoteka-bankning operatsion daromadi 22,8 foizga oshib, 2,5 trln. so‘mni tashkil etdi. Bank operatsion daromadlari o‘sishi yuqori darajada bo‘lishi sof foizli daromadlar, barqaror kredit hajmining o‘sishi va yuqori bo‘lmagan xarajatlar hisobiga shakllandi
BOZORDAGI O‘RNIMIZ:
Ipoteka-bank respublika banklar bozoridagi o‘rnini mustahkam egallab kelmoqda. Bank tizimidagi aktivlar va depozitlarning 6,8 foizi, Ipoteka-bank hissasiga to‘g‘ri kelsa, chakana kreditlar bozorida 14,6 foiz, jumladan ipoteka kreditlash bozorida 23,8 foiz ulush bilan yaqqol lider bo‘lib qolmoqda.
MUHIM VOQELIKLAR:
“Ipoteka-bank” ATIB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro kelishuv imzolandi.
MUHIM TADBIRLAR:
- Toshkent shahrida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo’lib o’tdi va unda Ipoteka bank vakillari bilan bir qatorda OTP Bank vakillari ham ishtirok etdi.
- Ipoteka bank tizimida ilk bora Liderlar forumi bo’lib o’tdi